Asosiy kontentga o'tish
Biz haqimizda

Iqtidor imkoniyatga qarab o'lchanmaydi

Imkon — imkoniyati cheklangan hunarmandlar uchun qurilgan onlayn savdo va auksion maydoni. Bu yerda qo'l mehnati o'z qadrini topadi, hunarmand esa o'z ovoziga ega bo'ladi.

Nega bu loyiha kerak bo'ldi?

O'zbekistonda imkoniyati cheklangan minglab inson bor. Ularning ko'pchiligi qo'li bilan ajoyib narsalar yaratadi — sopol idish, gilam, yog'och o'ymakorlik, zargarlik buyumlari. Har biri yagona nusxa, har biri ortida sabr va mahorat turadi.

Lekin bu mehnat ko'pincha uy ichida qolib ketadi. Do'kon ochish qiyin, bozorga har kuni chiqish undan ham qiyin, vositachilar esa daromadning kattasini oladi. Natijada iqtidor bor — imkon yo'q.

Imkon aynan shu bo'shliqni to'ldirish uchun qurildi. Biz hunarmandga do'kon, xaridorga esa noyob ish beramiz — orada ortiqcha hech kim yo'q. Loyihaning nomi ham shundan: har bir iqtidorga ko'rinish va munosib haq olish imkoni.

Jamoa

Jamoa a'zolari

Loyiha ortida turgan insonlar — har biri Imkon g'oyasiga o'z hissasini qo'shmoqda.

CEO & Founder

Malika Kamoliddinovna

Asoschi va bosh direktor

Men bolalar orasida ishladim va ularda juda ko'p narsani ko'rdim. Qo'llari bilan yaratgan har bir buyumda sabr bor edi, mehr bor edi, o'z hikoyasi bor edi. Ammo bu ishlar ko'pincha to'rt devor ichida qolib ketardi — ko'rmagan odam ularning qadrini ham bilmasdi.

Shunda bir narsani angladim: bu insonlarga achinish emas, imkon kerak. Ular allaqachon iqtidorli — faqat ovozlari eshitiladigan joy yetishmayapti. Ana shu fikrdan Imkon g'oyasi tug'ildi va biz uni birgalikda qura boshladik.

Malika Kamoliddinovna
Malika Kamoliddinovna — Asoschi va bosh direktor
Web Developer

Nodirbek Shukurov

Veb-dasturchi

Imkonni qurish davomida eng ko'p o'ylagan narsam — bu saytdan kim foydalanishi. Shuning uchun har bir tugmani klaviatura bilan bosib ko'rdim, matnlar ekran o'quvchi uchun qanday o'qilishini tekshirdim. Bu yerda dizayn go'zalligidan oldin foydalana olish turadi.

Texnologiya odamga xizmat qilishi kerak, teskarisi emas. Agar hunarmand telefonidan bir necha bosishda o'z ishini sotuvga qo'ya olsa — demak, men vazifamni to'g'ri bajaribman.

Nodirbek Shukurov
Nodirbek Shukurov — Veb-dasturchi